
O'yinchining so'zlariga ko'ra, bir necha kun oldin Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Toni Grande u bilan bog'lanib, jamoaga taklif etish variantlarini ko'rib chiqayotganini aytgan.
Biroq Miranda avval pentakampeonlar safida rasmiy uchrashuv o'tkazgani uchun Ispaniya terma jamoasida o'ynash imkoniyati yo'qligini ma'lum qilgan.
“Ispaniya terma jamoasi vakillari menga qiziqishgandi. Ular avval qayerda o'ynaganimni so'raganlaridan so'ng, Ispaniya termasida o'ynay olmasligimni tushinishdi”, - deydi Miranda.