Miranda: "A Seriyada g'alaba qozonish Ispaniya chempionatidan ko'ra qiyinroq"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2016, 13:14
"Inter" himoyachisi Joao Miranda A Seriya va Primeroni solishtirdi.

"Italiyada g'alaba qozonish qiyinroq. Ispaniyada top-klub a'zosi bo'lsang zafar quchishingni bilasan. Raqib jamoasida qancha ko'p italiyalik bo'lsa, g'alaba qozonish ham shuncha qiyin bo'ladi, chunki ular taktika borasida juda kuchli. Ronaldu va Messi qayerda bo'lmasin gollar ura oladi, ammo Italiyada ular qiynalgan bo'lishardi, chunki bu yerda jamoalar taktika jihatidan kuchliroq" - deydi Miranda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globoesporte