Miralem Pyanich diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019
Bosniya va Gertsegovina hamda "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich qo'pol o'yin uchun milliy jamoasining ikkita uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Pyanich Gretsiyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinining 15-daqiqasida o'z jamoasining ikkinchi golini urdi, 65-daqiqada esa raqib yarim himoyachisi Zekaga qo'pollik ishlatgani uchun chetlatilgan edi.

Shunday qilib, Pyanich Bosniya va Gertsegovinaning Finlyandiya va Italiyaga qarshi uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.

Bosniyalik 2008 yildan beri milliy terma jamoa sharafini himoya qiladi. U 86ta bahsda 12ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA