Minole - quruq o'yinlar soni bo'yicha APLda yil darvozaboni

Aslanov Jasurbek
31 dek 2015, 11:20
"Liverpul" darvozaboni Simon Minole 2015 yilda Premer-liga uchrashuvlarida Jo Xart va David De Xeadan ko'proq quruq o'yin o'tkazdi.

Barqaror o'ynamasligi borasida tanqid qilingan belgiyalik Angliya chempionatining 16 uchrashuvida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi.

2015 yilda Premer-liga bahslarida eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan posbonlar:

1. Simon Minole (Liverpul) - 16

2. Djo Xart (Manchester Siti) - 15

3. David de Xea (Manchester Yunayted) - 12

4. Petr Chex (Chelsi/Arsenal) - 11.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Chex Premer-ligada quruq uchrashuv o'tkazish bo'yicha Angliya chempionati rekordini o'rnatdi (170 o'yin).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com