Milner: "Messi meni eshak degandi"

Mirjalol Normatov
26 may 2019, 15:56
"Liverpul" futbolchisi Jeyms Milner YCHL-2014/15da "Manchester Siti" - "Barselona" uchrashuvini esladi.

"U mendan norozi edi. Tribunaosti yo'lakda u menga ko'p narsalarni gapirdi. Shuningdek, menga qarab "burro" so'zini ishlatdi. Bu ispanchada eshak degani.

Ispaniyalik futbolchilar o'yin vaqtida raqiblarini ko'p bora shunday ataydi. U meni ispanchani tushunishimni bilardi. Keyinchalik bu fikrni men kiyinish xonasiga tashlab chiqib, yuqori ruhda o'yinni davom ettirganman", - dedi 33 yoshli angliyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail