Milliy sport mukofoti-2024. Nodir To'ychiev – yilning eng faol sport targ'ibotchisi, O'FA – yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi!

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 16:20
Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Dastavval, joriy yil kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shundan so'ng 2024 yil davomida o'zbek sportida qayd etilgan eng muhim sport tadbirlariga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

Shundan so'ng turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni taqdirlash boshlandi.

Sal avval O'zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh sportchisi sifatida etirof etilgani haqida xabar bergan edik. Endi esa navbat boshqa mukofotlar egalariga yetib keldi. 

Xususan, yil davomida o'zining fidoyiligini ko'rsatgan "Andijon" Ultras yetakchisi Nodir To'ychiev yilning eng faol sport targ'ibotchisi deb topilgan bo'lsa, futzal bo'yicha JCHga mezbonlik qilgan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia