

“Sterling butun mavsum davomida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. U shaharliklar bilan Angliya chempioni bo'ldi. Uning o'sishga erishganini sezdim. U to'g'ri qarorlarni qabul qilib, maydon ichida va maydon tashqarisida ham o'zini ijobiy tomonlarini namoyish etmoqda. O'ylashimcha, Raximning o'zi ham o'yini kuchayganini seo'gan bo'lsa kerak. Sterlingning terma jamoa sardori etib tayinlashi zarracha ham xatolik emas deb hisoblayman”, – deya qayd etgan Sautgeyt.
Eslatib o'tamiz, Gollandiya bilan bo'lajak bahs 6-iyun sanasiga belgilangan. Final hamda 3-o'rin uchun o'yinlar esa 9-iyun kuni bo'lib o'tadi.



