

Unga ko'ra quyidagi yarim final juftliklari shakllandi:
Ispaniya - Italiya
Niderlandiya - Xorvatiya

Bu yilgi Millatlar Ligasining "to'rtlik finali" 14-18 iyun kunlari Niderlandiyada bo'lib o'tadi. Rottyerdam va Ensxede shaharlari Niderlandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi (KNVB) tomonidan final o'yinlarini o'tkazish uchun tanlangan. Yarim final o'yinlari 2023 yilning 14 va 15 iyun kunlari o'tkaziladi, uchinchi o'rin uchun o'yin va final esa 2023 yilning 18 iyuniga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA kelasi mavsumdan boshlab Millatlar Ligasi formatiga o'zgartirish kiritish masalasini ko'rib chiqishi ma'lum bo'lgandi. Undan oldin A Ligasi guruhlarida birinchi o'rinni egallagan jamoalar "to'rtlik finali"ga yo'l olgandi. Endilikda turnirning pley-off bosqichi paydo bo'lishi mumkin, unda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar ham ishtirok etadi.



