Millatlar Ligasi yarim final Italiya - Ispaniya o'yiniga hakamlar tayinlandi

Alisher
4 okt 2021, 16:04
Rossiyaliklar hakamlar Millatlar Ligasi yarim finali doirasidagi Italiya - Ispaniya o'yinini boshqarishadi.

Bosh hakam - Sergey Karasyov, laynsmenlar - Igor Demeshko, Maksim Gavrilin. To'rtinchi hakam - Sergey Ivanov.

VAR tizimiga niderlandiyalik hakam Pol van Bukel va nemis Kristyan Dingert javob berishadi.

Italiya - Ispaniya o'yini 6 oktyabr kuni "San-Siro"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com