“Milan”da jiddiy yo'qotish, jamoa sardori uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020, 21:50
“Rossonerilar” himoyachisi Alessio Romanoli “Sassuolo”ga (2:1) qarshi bahsda raqib bilan to'qnashuv natijasida jarohatlandi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Romanolining mushaklari shikastlangan va u A Seriyaning so'nggi turlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Shifokorlar yaqin orada uning holati bo'yicha aniq ma'lumot berishi aytilmoqda.

Milanliklar sardori joriy mavsum klub libosida 39 bahs o'tkazib, bitta gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Milan TV