"Milan" yozgi transferlar uchun qancha mablag' ajratgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 mar 2021, 15:36
"Milan" yozgi transferlar oynasi vaqtida 100 mln evro ishlatadi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, agarda jamoa YCHLga yo'llanmani qo'lga kiritadigan bo'lsa, klub katta miqdorda foyda oladi va transferlar uchun ishlatiladigan mablag' oshishi mumkin bo'ladi.

"Milan" avvaliga "Chelsi"dan Fikayo Tomori va "Breshiya"dan Sandro Tonalini sotib olishga e'tibor qaratadi. Keyinchalik boshqa transferlarga qo'l uriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport