“Milan” yangi mavsumda tarkibni sezilarli kuchaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2017, 02:27
Jamoaning yangi rahbariyati “Milan” tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirishga ahd qilgan.

Jamoa rahbariyati ayni paytda “Milan”ni boshqarayotgan Vincenco Montella bilan shartnomani uzaytirish bilan birga, darvozabon Donnarumma, himoyachi Matia De Shilo va yarim himoyachi Suso bilan hamkorlikni yana davom ettirish istagida.

Shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaga bir qator yangi nomlar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bular “Chelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas, “Sassuolo” a'zosi Lorenco Pellegrini va “Lacio” hujumchisi Balde Keytadir.

Shuningdek, “Vilyareal” yari m himoyachisi Mateo Musakkyu va dortmundliklar to'purari Per-Emerik Obameyang ham “Milan” qiziqishlar doirasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazetta Dello Sport