"Milan" xavbeki uzoq tanaffusdan so'ng safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2023, 15:31
Endi futbolchi formaga kirib olishi kerak.

"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser uzoq tanaffusdan so'ng safga qaytdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

25 yoshli xavbek may oyida tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va shu sabab hamon maydonga tushmayapti. Biroq jazoirlik sekin-asta tiklanib bormoqda.

Bennaser allaqachon mashg'ulotlarga kirishgan. Uning formaga kirishi uchun yana bir necha hafta kerak bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano