"Milan" Uokerni "Manchester Siti"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025, 17:23
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

Kecha klublar muzokaralarda yangi qadam tashlashdi. Bitim sotib olish huquqi bilan ijara sifatida amalga oshiriladi. Himoyachining o'zi keyingi yarim yillik maoshi kamayishiga rozi bo'ldi.

Bugun tomonlar o'rtasida bugun kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Shundan so'ng Uoker Milanaga uchib, tibbiy ko'rikdan o'tishi mumkin, bu ertaga bo'lib o'tadi.

Angliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Milan" – "Jirona" uchrashuviga tashrif buyurishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport