

Bu haqda murabbiyning do'sti, sobiq murabbiy Jovanni Galeone ma'lum qildi.
"Fonsekaning iste'fosidan keyin uni bosh murabbiylikka taklif qilishsa kerak deb o'ylagandim, biroq unday bo'lmadi. Bunday yaxshi tizimga ega "Milan"da himoyachilarni oldinroqqa qo'yishdan boshlash kerak, jamoaning himoyasi meni hayratlantirayotgani yo'q: bu umumiy fikr, alohida olib qarasak Maksga vaqt kerak bo'ladi, balki ko'proq futbolchilar ham. Unga: "Jakani ol", deb tavsiya berdim. U esa Granitni juda sekin dedi.
"Arsenal"ga rad javobini bergani uchun uni kechirmoqchi emasdim, chunki u yerda zo'r loyiha qilingan.
U xatto PSJga ham rad javobini berdi va Liga 1'da osonlikcha g'alaba qozonishni istamasligini aytdi. U bu chempionat bo'ydoqlar va bekorchilar uchun deb hisobladi", - dedi Galeone.



