"Milan" "Roma" yulduzini sotib olmoqchi

Alisher Ostonov
27 sen 2025, 22:36
"Milan" "Roma"ning italiyalik yarim himoyachisi Lorenco Pellegrinining xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining "bo'rilar" bilan mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Rim klubi xo'jayinlari Pellegriniga yangi bitim taklif qilishni rejalashtirmayapti. "Milan" vaziyatdan foydalanib, xavbekni qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Lorenco Pellegrini "Roma" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi bu mavsumda jamoa safida ikkita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: MilanNews