"Milan" Rangnikdan voz kechdi, Pioli jamoada qoladi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2020, 01:51
Yozda "Milan"da bosh murabbiy almashmaydi.

"Kicker" xabariga ko'ra, o'tayotgan muvaffaqiyatli davr Stefano Piolining qolishiga va Ralf Rangnikning nomzodidan voz kechilishiga sabab bo'lgan. Shu sababli yaqin vaqtlar ichida 54 yoshli italiyalik murabbiy "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi.

O'tgan bir necha oy mobaynida "Milan" germaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib bordi. U "Milan"da sport direktori va bosh murabbiylik vazifalarini bajarishi kerak edi.

Shu orqali Rangnik "Red Bull" tizimida qoladigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker