"Milan" rahbariyati Pioli masalasini ko'rib chiqadi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2020, 16:11
Ralf Rangnikning "Milan"da ham bosh murabbiy, ham sport direktori sifatida ishlashi rejasi amalga oshmasligi mumkin.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, Stefano Piolining "Milan" boshqaruvida qolish imkoniyati juda yuqori bo'lib turibdi. Restartdan keyin "Milan" birorta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi va kuchli jamoalar ustidan zafar quchdi. Shuningdek, uning qolishini futbolchilar ham istamoqda.

Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda Rangnik "Milan"da faqatgina sport direktori bo'lishi mumkin. Yaqin kunlar ichida "Milan" rahbarlari bu masalani muhokama qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera