

Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, klub bosh direktori Marko Fassone Montella bilan bo'lgan uchrashuvda unga jamoa rahbariyati ishonch bildirishda davom etishini aytgan.
Hozirda “rossonerlar” Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqich 1-turidan o'rin olgan “Austriya” klubiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rishyapti. Bu uchrashuv 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, “Milan” ortda qolgan A Seriyaning 3-turidan so'ng 6 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Montella shogirdlari “Yuventus”, “Napoli” va “Inter”dan 3 ochkoga ortda qolishyapti.



