"Milan" prezidenti Klarens Zeedorf bilan gaplashib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
18 fev 2014, 17:26
"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni "rossonerilar" bosh murabbiyi Klarens Zeedorf bilan uchrashib, gaplashib oladi, deya xabar bermoqda "Sky Sport Italia".
Klub rahbari murabbiyni tushlikka taklif etdi. Berluskoni tamaddi davomida gollandiyalik sobiq futbolchi bilan jamoaning bugungi kundagi holati va uning kelajagi, hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar haqida gaplashib olmoqchi. Shuningdek ertaga bo'lib o'tadigan "Atletiko"ga qarshi o'yinga "Milan" qanchalik tayyor ekani haqida so'rab olmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net