"Milan" MYU futbolchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
29 sen 2020, 11:58
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiyaliklarlar 21 yoshli portugaliyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishni taklif etishdi, ammo Angliya klubi o'yinchini bir yo'la sotib yubormoqchi.

Dalot "Manchester Yunayted"ga 2018 yildan "Portu" klubidan o'tgan edi. Futbolchi o'shanda klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Qanot himoyachisi 2017 yildan beri Portugaliyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it