"Milan" "Monca"ning 18 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma tuzdi
Aslanov Jasurbek
30 iyun 2015, 21:14
"Milan" "Monca"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Matteo Pessina bilan shartnoma imzoladi.
"Monca" Italiyaning uchinchi darajali chempionatida ishtirok etadi.
Matteo Pessina bilan 4 yillik bitim imzolandi. Transfer bahosi esa 20 ming. evro. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi kelasi mavsumda "Milan"ning yoshlar jamoasida to'p tepadi.