"Milan" "Lill" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 15:51
Jonatan Devid "rossoneri"ning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Italiyaning "Milan" klubi "Lill" hujumchisi Jonatan Devidga ko'z tikdi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

23 yoshli Devid – "Milan"ning kelasi yildagi asosiy transfer maqsadi. Biroq transfer narxi va kanadalik futbolchining "Lill" bilan shartnomasi tugashiga bor-yo'g'i bir yil qolgani sababli uni faqat yozgi mavsumda sotib olish mumkin.

Jonatan Devid joriy mavsum "Lill" safida 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano