Milan klublari Zappakosta uchun kurashadi

14 may 2021, 20:00
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta "Milan" va "Inter" jamoalarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar tarqatdi "Calciomercato".

Klublarning har ikkovi 28 yoshli italyanni sotib olishga harakat qilib ko'radi. 

Ma'lumot uchun, joriy mavsumni ijara asosida "Jenoa" tarkibida o'tkazayotgan Zappakosta 24 uchrashuvda 4 ta gol urib, 2 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib bergan. "Transfermarkt" uni 8 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato