"Milan" Kamarda bilan shartnoma imzolashga yaqin

Sherzod Nurmatov
28 noya 2023, 12:40
Franchesko Kamarda shartnomani mart oyida imzolashi mumkin.

Italiyaning "Milan" klubi o'zining kichik yoshdagi futbolchisi Franchesko Kamarda bilan kelishuv imzolashga yaqin turibdi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

"Rossoneri" va 15 yoshli forvard o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda, ammo Kamarda o'zining birinchi professional shartnomasini mart oyida, 16 yoshga to'lgandagina imzolay oladi.

Eslatib o'tamiz, Franchesko Kamarda "Fiorentina"ga qarshi 13-tur uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, A Seriya tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano