“Milan” – Italiya superkubogi sohibi!

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016, 00:33
Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan Italiya superkubogi bahsida omad “Milan”ga kulib boqdi.

“Jassim Bin Hamad” stadionida o'tkazilgan bellashuvning 18-daqiqasida Kellini hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, 38-daqiqada Bonaventura muvozanatni tikladi- 1:1. Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa omad “Milan” tomonida bo'ldi – 4:3.

Yuventus – Milan 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo'yicha - 3:4

Gollar: 1:0 – 18 Kellini, 1:1 – 38 Bonaventura.

Yuventus: Buffon, Lixtshtayner, Rugani, Kellini, Aleks Sandro (Evra, 33), Xedira, Markizio, Pyanich (Dibala, 67), Sturaro (Lemina, 79), Manjukich, Iguain.

Milan: Donnarumma, Romanoli, De Shilo, Abate (Antonelli, 102), Paletta, Kucka, Lokatelli (Pashalich, 74), Bonaventura, Bertolachchi, Suso, Bakka (Lapadula, 102).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Ogohlantirish: Lixtshtayner (35), Romanoli (43), Kucka (58), De Shilo (70), Iguain (120).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia