"Milan", "Inter" va "Yuventus" klublari Matich uchun raqobatlashishmoqda

Alisher
17 sen 2019, 18:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matichga Yevropaning 3ta grand klubi qiziqish bildirmoqda.

Serbiyalik xavbekning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil iyunda o'z yakuniga etadi va u jamoani erkin agent maqomida tark etishi mumkin.

Italiya jamoalari bunday imkoniyatdan foydalangan holda, 31 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Markaziy yarim himoyachiga qiziquvchi klublari orasida Dortmundning "Borussiya" klubi ham bor.

Matich joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato