“Milan” futbolchisi “Yuventus”ga kerak

11 yanv 2020, 08:59
Donnarumma faoliyatini Turinda davom ettirishi mumkin.

“Yuventus” “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olish istagida. Turinliklar kichik Jiji bilan 5 yillik shartnoma tuzishni rejalashtirgan. “Yuve” 20 yoshli posbonning o'ziga yillik 9 mln evro maosh to'lashga tayyor.

Joriy mavsum A Ceriya doirasida Donnarumma “Milan” safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 23 ta gol o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Mediaset