

Ushbu bahsda milanliklar a'zosi Xoqon Chalxono'g'lu 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi. Turkiyalik futbolchi A Ceriyaning joriy mavsumdagi 14 ta o'yinida 53 ta golli vaziyat sodir qildi. Bu top-5 chempionat futbolchilari orasidagi eng yaxshi natija.
Bu borada 2-o'rinda “Aston Villa” a'zosi Jek Grilish bormoqda - 43. Kuchli beshlikdan esa Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted” - 41), Memfis Depay (“Lion” - 41) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti” - 40) o'rin olgan.



