"Milan" futbolchisi: "Hech qachon "Inter"ga o'tmayman"

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 18:13
Futbolchi "rossoneri"ni sotib kyetmaydi.

"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser "Inter"ga o'tishi mumkinligini inkor etdi.

"Men hech qachon "Inter"ga o'tmayman. Bu imkonsiz. "Milan"ni juda hurmat qilaman. Hech qachon "Inter" libosini kiymayman, albatta. Xakan Chalxanoglu "Inter" bilan shartnoma imzolaganida hayron qolgandim. Men umrimning oxirigacha "Milan"da qolaman demayapman, lekin hech qachon "Inter"ga o'tmayman", – dedi futbolchi.

Bennaser "Milan"da 2019 yildan beri to'p tepadi. 25 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda jarohati sabab hali maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano