

Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash orzuim. Shuningdek, Andrey Shevchenko bilan ham. Ular mening eng yoqtirgan futbolchilarimdir. Italiyaga endi kelganimda mavsum yakunida Ronaldudan ko'proq gol uraman deb o'ylamagandim. Men A Seriyaning eng yaxshi to'purariga aylanmoqchiman. Maqsadimga erishish uchun tinmay mehnat qilaman, – deydi 24 yoshli polshalik futbolchi,
Kshishtof Pyontek o'tgan mavsumning yarmida Jenoadan milanliklar safiga ko'chib o'tgandi. U Italiya chempionatining 2018/19 yilgi mavsumida 37 o'yinda 22ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



