"Milan" Dyumfrisga da'vogarlik qiladi

18 may 2020, 02:10
Italiyaning "Milan" klubi PSV yarim himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqib qoldi, deb xabar qildi jurnalist Nikolo Skira.

"Rossoneri"lar rahbariyati allaqachon niderland klubi bilan 24 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. PSV o'ng qanot himoyachisini 15 million evroga baholayapti.

Ma'lumot uchun, Dyumfris joriy mavsum 25 o'yinda maydonga tushdi va 7 gol, 4ta samaradi uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia