"Milan" Donnarumma bilan kelisha olmasa Reynani taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 17:12
"Napoli" darvozaboni Pepe Reyna "Milan" qiziqishlari doirasida.

Agar "Milan" Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytira olmasa, klub B reja sifatida Reynani xarid qilmoqchi.

18 yoshli posbon kelajagini muhokam qilish uchun Monte-Karloda Mino Rayola bilan uchrashdi. "Milan" rahbariyati yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati boshlanguncha Donnarummaning javobini olmoqchi. Turnir 16 iyun kuni start oladi.

"Milan" yosh darvozabonga 5 mln. evrolik maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Agar Donnarumma sotiladigan bo'lsa, Reyna "Milan"ning asosiy transfer maqsadiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport