"Milan" Delofeuni ijarasi uchun 500 ming evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2017, 13:45
"Milan" va "Everton" o'rtasidagi kelishuvning moliyaviy tomonlari oydinlashdi.

Rossonerlar "Everton"ga Xerard Delofeu bo'yicha taklif yuborishgan va ingliz klubining javobini kutishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, italiyaliklar 22 yoshli futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi. "Milan" ijara uchun 500 ming evro, futbolchini sotib olish uchun esa 18 mln. evro to'laydi.

Delofeu "Milan"ga o'tishga tayyor va "Volfsburg" hamda "Ayaks" takliflarini rad etishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia