

Rossonerlar "Everton"ga Xerard Delofeu bo'yicha taklif yuborishgan va ingliz klubining javobini kutishmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, italiyaliklar 22 yoshli futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi. "Milan" ijara uchun 500 ming evro, futbolchini sotib olish uchun esa 18 mln. evro to'laydi.
Delofeu "Milan"ga o'tishga tayyor va "Volfsburg" hamda "Ayaks" takliflarini rad etishga ulgurdi.



