"Milan" de Ketelareni ijaraga beradi

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 17:52
"Milan" futbolchisi Sharl de Ketelare "Atalanta"ga o'tishga rozi bo'ldi.

22 yoshli futbolchi Bergamo klubida bir mavsum ijarada o'ynaydi. Buning uchun "Atalanta" 3 million evroni "Milan" hisobiga o'tkazib beradi. Shuningdek, mavsum yakunlanganidan keyin "Atalanta" futbolchini 4 mln evro evaziga sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

De Ketelare 2022 yil yozida "Bryugge"dan 36 mln evro evaziga "Milan"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal