“Milan” “Barselona” himoyachisini sotib olishi mumkin

21 iyul 2020, 08:16
Emerson A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Qayd etilishicha, “Milan” transfer huquqi “Barselona”ga tegishli bo'lgan o'ng qanot himoyachisi Emerson bo'yicha muzokaralarga kirishgan. Muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda, deb yozmoqda taniqli jurnalist Nikola Skira.

Emerson joriy mavsumni ijara asosida “Betis”da o'tkazdi. Uning ijara shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga etadi. “Barselona” esa futbolchini ortga qaytarish huquqiga ega. Biroq buning uchun Kataloniya klubi “Betis”ga 6 mln evro hamda futbolchining qayta sotuvidan 50 foiz ulushni berishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Nicola Schira