"Milan" Azmunga 4 yillik shartnoma taklif etmoqda

Sherzod Nurmatov
9 sen 2021, 22:00
"Milan" "Zenit"ning eronlik hujumchisi Syerdar Azmunni o'z safiga chorlamoqda.

Manbaning xabar berishicha, Italiya klubi forvardni keyingi yozda sotib oligi mumkin, o'shanda uning "Zenit" bilan shartnomasi yakuniga etgan bo'ladi. 

Azmun "Milan" tarkibida 2022 yilda shartnomasi tugaydigan shvetsiyalik Zlatan Ibragimovichni almashtirishi mumkin. Italiyaliklar Azmun uchun yiliga 3,2 million evro to'lashga tayyor.

26 yoshli Azmun joriy mavsumda "Zenit" uchun 7 o'yinda 6 ta gol urdi hamda 1 ta golga pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes