"Milan" Allini xarid qilmoqchi

Alisher
14 iyul 2021, 14:55
"Tottenxem" xavbeki Dele Allida faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish varianti bor.

25 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Alli o'tgan mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Yarim himoyachining "Tottenxem" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato