“Milan” A Ceriyada ketma-ket 22 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aslanov Jasurbek
7 dek 2020, 08:26
“Milan” A Ceriya 10-turida “Sampdoriya”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Stefano Pioli shogirdlari bu orqali Italiya chempionatidagi mag'lubiyatsiz ceriyalarini 22 ta bahsga etkazib oldi. Milanliklar bu o'yinlarning 17 tasida g'alaba qozongan, 5 tasida durang qayd etgan. “Rossonerilar” A Ceriyaning 2020/21 yilgi mavsumi startidagi 10 ta o'yindan 8 tasida g'alaba qozondi. Klub bundan yaxshiroq natijani 1954/55 yilgi mavsumda qayd etgandi - 10 ta o'yinda 9 ta g'alaba.

“Milan” A Ceriya 10-turidan so'ng “Inter”ni 5 ochkoga ortda qoldirgan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta