Mikel Xondaning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Alisher
2 apr 2020, 15:20
"Chelsi" sobiq o'yinchisi faoliyatini Braziliyada davom ettirishga yaqin.

Tayanch yarim himoyachisi Jon Obi Mikel yaqindagi o'z tarkibiga yaponiyalik Keysuke Xondani qo'shib olgan "Botafogo" bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishmoqda.

32 yoshli Mikel mart oyi o'rtalarida Turkiyaning "Trabzonspor" klubi bilan tuzgan shartnomasini bekor qilgan edi.

Nigeriyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte