“Metallurg”ni kimlar tark etgani ma'lum

Eldor Akmurzayev
31 dek 2022, 08:30
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bir oylik tatildan so'ng jamoa a'zolari “Metallurg” bazasida 2023 yilgi mavsum uchun ilk yig'inga to'planishdi. 

"Ispaniyalik murabbiylarimiz ko'rsatmasiga binoan mahalliy murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklash maqsadida jismoniy yuklamalarga katta e'tibor qaratishdi. Shu o'rinda jamoa tarkibida ham bir qator o'zgarishlar yuz berganligini qayd etish lozim. Shartnoma muddati yakunlanganligi sabab klub himoyachilar Farrux Ibrohimov, Abbos Otaxonov, Anvar G'ofurov, yarim himoyachi Ixtiyor Toshpo'latov, hujumchilar Boburbek Farhodov, Jasur Xolto'raevlar bilan xayrlashdi. Mazkur futbolchilarning barchasiga “Metallurg”dagi faoliyati, klub taraqqiyotiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va ularning kelgusi faoliyatlariga omad yor bo'lishini tilaymiz", deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Металлург" ФК матбуот хизмати