

Bekobodliklar Toshkentda tayyorgarlikni yana ikki kun davom ettirishadi. Shundan keyin jamoa a'zolari uchinchi bosqichni o'tash uchun xorijga – Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oladi. "Metallurg" xorijda to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Hozircha raqiblardan ikkitasi ma'lum bo'lgan. Bular Ukrainaning "Metallist" hamda Armanistonning "Alashkert" jamoalari sanaladi. Yana ikkita raqib bilan dastlabki kelishuv bor, ammo uzil-kesil bir to'xtamga kelinmagan.
Eslatib o'tamiz, Luisma Ernandes yetakchiligidagi "Metallurg" Turkiya safariga 3 fevral sanasida uchib ketadi.



