"Metallurg" tarkibga legioner hujumchini qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2024, 12:08
Bekobodning "Metallurg" klubi ikkinchi davradan oldin tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, chernogoriyalik hujumchi Balsha Sekulich "Metallurg" tarkibiga qo'shiladi. 1998 yilda tug'ilgan markaziy hujumchi Chernogoriya terma jamoasi safida bitta o'yin o'tkazgan. Sekulich faoliyati davomida o'z mamlakatida "Buduchnost", "Setine", "Titograd", "Podgorica", "Iskra" va Koreyada "Kanvon" klublarida to'p tepgan.

Transfermarkt portaliga ko'ra, hujumchining ayni paytdagi narxi 275 ming evroga teng.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia