“Metallurg” bilan O'zbekiston chempioni va kubok sohibi bo'lgan murabbiy iste'fo berdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018, 12:13
Ayollar futboli bo'yicha 2017 yilgi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, mamlakat milliy chempionati hamda O'zbekiston kubogi bahslarida zafar quchgan “Metallurg-W” jamoasi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov iste'fo berdi.

Bekobodlik futbol ishqibozlariga besh yillik faoliyati davomida unutilmas lahzalarni tortiq etgan, ketma ket to'rt mavsum O'zbekiston vice-chempionligidan so'ng nihoyat o'tgan yili asosiy maqsad – O'zbekiston chempionligiga erishgan “Metallurg-W” jamoasi muvaffaqiyatida shubhasiz bu iqtidorli murabbiyning hissasi beqiyos. O'zbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida yutuqlarni ham muxlislar unutishmaydi. 

Boshqa ishga o'tayotganligi munosabati bilan iste'fo bergan Sherali Boboqulovga "Metallurg" klubi mamuriyati, jamoa a'zolari hamda muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiradi va uning keyingi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати