

“El Chiringuito” telekanali argentinalik futbolchi sobiq jamoadoshi qo'l ostida to'p tepishni xohlayotgani haqida ma'lum qildi.
Shuningdek, Messi “Barselona”ning amaldagi prezidenti Xosep Bartomeu iste'foga chiqishini kutmoqda. 32 yoshli futbolchi klub boshqaruv tizimi tubdan qayta isloh qilinishi va keyingi prezident saylovida yangi shaxslarni ko'rishni xohlamoqda.
Avvalroq Messi va klubning sport direktori Erik Abidal o'rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar qilgandik. Ma'lum bo'lishicha, shundan keyin Bartomeu francuzni o'z xonasiga chaqirtirgan va yakunda Abidal bilan hamkorlikni davom ettirish to'g'risida qaror qabul qilgan,



