Messiga beshinchi "Oltin butsa" topshirildi. Bu rekord

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018, 18:31
Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga "Oltin butsa" sovrinini topshirdi.

Messi o'tgan - 2017/18 mavsumda Yevropaning eng yaxshi to'purari bo'lgan edi.

Bu uning beshinchi "Oltin butsa"si. Messi 2009/10, 2011/12, 2012/13, 2016/17 mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin butsa" sovrinlarini qo'lga kiritgan. Argentinalik forvard "Oltin butsa" soni bo'yicha rekordchiga aylandi.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli. Unda 4ta shunday sovrin bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca