Messi - The Guardian talqiniga ko'ra 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi
Narzulla Saydullayev
26 dek 2017, 08:41
The Guardian yakuniga etayotgan yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi nomini e'lon qildi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb Lionel Messi tan olindi. Ikkinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu qayd etildi. Kuchli uchlikni Neymar yakunlab berdi.
Kuchli beshlikdan Kevin De Bryuyne va Xarri Keyn o'rin oldi.