Messi terma jamoadagi o'yinlardan 2 oydan 6 oygacha chetlashtirilishi mumkin

Alisher
25 iyul 2019, 11:36
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoadagi o'yinlar uchun diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi 2 oydan 6 oygacha bo'lgan diskvalifikaciyani ko'rib chiqmoqda.

Messi Argentinaning yil oxiriga qadar bo'ladigan o'yinlarida ishtirok etolmasligi mumkin.

Taqiq forvardning Kopa Amerika o'tkazilganini qattiq tanqid qilgani bilan bog'liq. Messi taqdirlash marosimiga e'tibor bermaganidan tashqari, hakamlar va korrupsiya haqida ko'plab gaplarni aytgan edi.

Argentina terma jamoasi yil oxiriga qadar o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.

Futbolchi oldinroq 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports