Messi: "Suaresning "Atletiko"ga transferi - "Barselona" tomonidan haqiqiy ahmoqlik"

Alisher
28 dek 2020, 12:01
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jurnalistlarning Luis Suaresning "Atletiko"ga o'tib ketganligi borasida savollariga javob berdi.

"Suares bilan bo'lgan holat - "Barselona" tomonidan haqiqiy ahmoqlik. Luis klubdan tekinga ketdi. Hozir u bizning to'g'ridan-to'g'ri raqobatchimiz safida muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat", - deydi argentinalik forvard.

Eslatib o'tamiz, Suares 2014 yildan 2020 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan.

Urugvaylik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Sexta